Juftingni asra
Juftingni asra Hayot yoʻli gohida sinovli boʻlar, Yoningda bir inson dardlaring olar. U senga ishongan pokiza dildir, Oʻsha vafodor qalb qadrini bildir. Oʻz juft halolingni asragin mudom, Yoningdagi yorga qilma xiyonat. U sening baxtingdir, ber unga ehtirom, Sof sevging boʻlsin eng ulugʻ omonat. Uyining fayzidir uning koʻzlari, Mehr bilan toʻlar aytgan soʻzlari. Oʻtkinchi hislarga aldanma zinhor, Yoningda kutmoqda vafoli bir yor. Oʻz juft halolingni asragin mudom, Yoningdagi yorga qilma xiyonat. U sening baxtingdir, ber unga ehtirom, Sof sevging boʻlsin eng ulugʻ omonat. Yillarning ortidan oʻtsa ham zamon, Yaxshi-yomon kunda boʻladi qalqon. Ayoling qadriga yetgin ey inson, Halol muhabbating asra har qachon. Oʻz juft halolingni asragin mudom, Yoningdagi yorga qilma xiyonat. U sening baxtingdir, ber unga ehtirom, Sof sevging boʻlsin eng ulugʻ omonat. ✍✍✍Qoʻshiq va sher Muallifi: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍