🍉 “Fir’avnlar” keyingi bosqichda! “Kengurular” uyga qaytadi — 3 июля 2026 г. в 21:23:40.831
🍉 “Fir’avnlar” keyingi bosqichda! “Kengurular” uyga qaytadi 💬 Kunning navbatdagi bahsida Afrika va Osiyo qit’asi vakillari maydonga tushdi. Saloh boshchiligidagi Misr terma jamoasi Avstraliya bilan kuch sinashdi. ⚽️ Hisobni dastlab Misrliklar ochdi. 13-daqiqada Imom Ashur jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Hujumlarga zo‘r bergan Avstraliya 55-daqiqada niyatiga yetdi. O‘yindagi ikkinchi golga ham misrliklar mualliflik qildi. Muhammad Xoniy o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 📊 Teng kurashlar ostida o‘tgan asosiy bo‘limlar shu hisobda yakuniga yetdi. Ekstra-taymlarda ham hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa Misr 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi. 💬 Shu tariqa Osiyoning so‘nggi vakili ham mundial bilan xayrlashdi. Keyingi bosqichda Misr Argentina-Kabo Verde o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi. ⚠️ Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Al Ain Cup o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston Misr terma jamoasini Oston O‘runovning 2 ta goli evaziga mag‘lub etgan edi. __________________ 🍉Rukn homiysi: Arbuz pul o‘tkazmalari Arbuz – Ishonchli, foydali va tezkor. Promokod: Migrantuz #Mundial_kundaligi

