📇 «Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi — 3 июля 2026 г. в 18:14:41.006
📇 «Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi 🔥 «Prosto Jurnalistika» YouTube kanalida «Putin uchun o‘lish: film-tadqiqot» nomli ko‘rsatuv e’lon qilindi. Tadqiqotda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Qozog‘iston fuqarolari qanday qilib jalb qilinayotgani, ularning aldanishi, majburlanishi va jang maydonidagi ayanchli taqdiri batafsil ochib berilgan. 💬 Yollash usullari: Aldov va bosim 📊 Tadqiqotda verbovka qilishning uchta asosiy ustuni ko‘rsatib o‘tilgan: aldov, majburlash va pul bilan qiziqtirish. 💬 Aldov: Ko‘pchilik Rossiyaga qurilish, omborxona (masalan, Ozon yoki Wildberries) yoki haydovchilik kabi yuqori maoshli ishlarga kelib, bilmasdan armiya kontraktiga qo‘l qo‘yib qo‘yadi. Migratsiya markazlarida 40-50 varaqli hujjatlar orasiga 5-shriftda yozilgan kontrakt varag‘ini soxtakorlik bilan qistirib qo‘yish holatlari keng tarqalgan. 🔗 Batafsil 📱 Youtube - https://youtu.be/eINMxX6MPa8 📱 Vkontakte - https://vkvideo.ru/video-146921395_456241518 💙 Rutube - https://rutube.ru/video/private/379f8f906c26eb44194b282b442a171d/?p=-AvjvmposEYZxJ7sg3rC_A MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

