🍉 Portugaliyadan kambek va Ronaldu jamoasi nimchorak finalda! — 3 июля 2026 г. в 08:54:34.497
🍉 Portugaliyadan kambek va Ronaldu jamoasi nimchorak finalda! 🇵🇹🇭🇷 Turnirning navbatda qiziqarli bahsida Portugaliya Xorvatiyaga qarshi maydonga tushdi. ⚽️ 1-bo‘limda katta ustunlikka qaramay Portugaliya gol urishning uddasidan chiqa olmadi. Xorvatiya esa birinchi taymda birorta aniq zarba bera olmagani bilan yodda qoldi. Ikkinchi taymda o‘ziga kelgan xorvatlar Portugaliya darvozasini ishg‘ol qilishdi. 53-daqiqada hisobni Perishich ochdi. 💬 Hisobda ortda borayotgan Portugaliya 68-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Xorvatiya darvozasiga belgilangan penaltini Ronaldu aniq amalga oshirdi. Asosiy vaqtga qo‘shilgan daqiqalardan Ramush gol kiritib, Braziliya, Angliya, Belgiya kabi Portugaliya ham kambekli g‘alabaga erishdi. Portugaliya-Xorvatiya 2:1 📇 Xorvatiya afsonasi Luka Modrich terma jamoasi libosidagi oxirgi o‘yinni o‘tkazdi va milliy jamoadan ketdi. 💬 Tirik afsiona Krishtianu Ronaldu azaliy orzusi bo‘lgan Jahon chempionligiga erisha oladimi? Buning uchun 1/8 finalida qudratli Ispaniyani yengishi talab etiladi. __________________ 🍉Rukn homiysi: Arbuz pul o‘tkazmalari Arbuz – Ishonchli, foydali va tezkor. Promokod: Migrantuz #Mundial_kundaligi

