🔴 Yuk mashinasi o‘zbekistonlik kuryerning umriga zomin bo‘ldi — 3 июля 2026 г. в 08:54:03.952
🔴 Yuk mashinasi o‘zbekistonlik kuryerning umriga zomin bo‘ldi 💬 Fojia Moskva shahrida sodir bo‘lgan. Bekatda to‘xtab turgan o‘zbekistonlik kuryerni yuk mashinasi urib yuborgan va muhojir voqea joyida og‘ir jarohatlardan so‘ng vafot etgan. 💬 Bu haqida marhumning pochchasi Shermuhammad Umirov “Facebook”sahifasida xabar qildi. “Bugun noxush xabarni eshitib, qalbimiz vayron bo‘ldi. Zabardast qayni ukam Akromjon Rossiyada ishlayman, deb erta bahorda ketgan edi. U yerda kuryerlik xizmatida ishlab, tirikchilik kilayotgan edi. O‘risni yuk mashinasi bekatda to‘xtab turgan ukamni mototsikli bilan birga urib, majaqlab ketgan. Bu nima ahvol? Qanday shavqatsizlik!? Shunaqa ham e’tiborsizlik bo‘ladimi? Unga kimdir javob beradimi? Uning ikki nafar yosh farzandi bor, ular endi otasiz qoldi. Shunaqa yosh, bilimli, uddaburon yigitlarning o‘zga yurtda ayanchli vafot etishi odamning yurak-bag‘rini ezib yuboryapti”, deb yozadi u. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz

