🍉 “Qizil iblislar”ning kuchi “qizil furiya”ga yetmadi — 11 июля 2026 г. в 05:37:57.178
🍉 “Qizil iblislar”ning kuchi “qizil furiya”ga yetmadi 🇪🇸🇧🇪 Jahon chempionatining navbatdagi chorak final bahslaridan biri futbol gigantlari Ispaniya va Belgiya terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Aytish kerakki, “qizillar” bahsida u yoki bu tomonga ustunlik berish qiyin edi, garchand mutaxassislar ispanlarga ko‘proq ishongan bo‘lsa-da. 💬 Nisbatan himoyaviyroq o‘yin qurgan Belgiya qarshi hujumlarda raqibni “ushlash”ga harakat qildi. Jamoadagi mahoratli o‘yinchilar raqib bilan pragmatik o‘yin ko‘rsatishga imkon berdi. ⚽️ O‘yinning 30-daqiqasida Fabian hisobni ochdi. O‘ng qanotdan boshlangan hujumdan so‘ng Olmo to‘pni darvozaga yo‘lladi, qaytgan to‘pni esa Fabian Ruis darvozaga kiritdi. 📌 Shundan so‘ng hisobda ortda borayotgan Belgiya ko‘proq hujumga chiqishga majbur bo‘ldi. ⚽️41-daqiqadagi hujum chog‘ida o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Sharl De Ketelare bosh bilan darvozaga aniq joylab qo‘ydi. 💬 Ta’kidlash kerakki, bu o‘yinda Kurtuaning mahorati belgiyaliklarni juda ko‘p vaziyatlarda “falokat”dan qutqardi. Biroq, tajribali darvozabon 71-daqiqada jarohat oldi va maydonni ko‘z yoshlar bilan tark etdi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Lammens ishonchni oqlay olmadi. 88-daqiqada Merino hisobni oshirdi. Kubarsining zarbasidan so‘ng to‘pni ushlab olishga intilgan Lammens uni qo‘lidan chiqarib yubordi. Mikel esa aniq zarba bilan to‘pni darvozaga joyladi. 🔴 Ispaniya-Belgiya 2:1 💬 Uzoq yillar “oltin avlod” deb nisbat berilgan, tarkibida De Bryuyne, Lukaku, Kurtua singari jahon yulduzlari bor Belgiya chorak finaldan uyga qaytadigan bo‘ldi. “Oltin yigitlar”ga mundial oltini armonga aylandi. “Qizil furiya”ni esa final ostonasida qo‘rqinchli “xo‘rozlar” jamoasi kutib turibdi. Fransiya-Ispaniya bahsi final oldi final o‘yini bo‘ladi. __________________ 🍉Rukn homiysi: Arbuz pul o‘tkazmalari Arbuz – Ishonchli, foydali va tezkor. Promokod: Migrantuz #Mundial_kundaligi

