“Vatandosh Rossiya” jamoasi Qozog‘istondagi mediafestivalda ishtirok etdi — 10 июля 2026 г. в 13:28:57.161
“Vatandosh Rossiya” jamoasi Qozog‘istondagi mediafestivalda ishtirok etdi ▪️ Shu yilning 7–8-iyul kunlari Qozog‘istonning Olma-Ota shahri mezbonlik qilgan CONNECT FOR PEACE FESTIVAL 2026 anjumani bo‘lib o‘tdi. Internews tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan mediafestivalda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning yetakchi media mutaxassislari ishtirok etdi. 🤖 Festivalda OAVning sun’iy intellektdan qanday foydalanayotgani, dezinformatsiyaga qarshi kurashayotgani, algoritmlarga moslashayotgani, yangi moliyalashtirish modellarini izlayotgani hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirayotganiga bag‘ishlangan sessiyalar, muhokamalar va amaliy vorkshoplar o‘tkazildi. Shuningdek, raqamli va axborot xavfsizligi, jurnalistikaning mintaqa va jahondagi kelajagi ham muhokama qilindi. 🔗 Batafsil MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

