💬 Lukashenko: "Pokistonliklardan avval o‘zbeklar kelgani ma’qul" — 10 июля 2026 г. в 08:50:40.884
💬 Lukashenko: "Pokistonliklardan avval o‘zbeklar kelgani ma’qul" 📄 Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatga ishchi kuchi zarurligini aytib, O‘zbekistondan keladigan fuqarolarga yer maydonlari ajratishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Uning aytishicha, mamlakatda o‘zbekistonliklarga katta hurmat bilan munosabatda bo‘linadi va u avvalo aynan O‘zbekistondan keladigan oilalarning Belarusga ko‘chib kelib, yashashi va mehnat qilishini istaydi. «Bizda o‘zbeklarni yaxshi ko‘rishadi. Shuning uchun pokistonliklardan avval aynan sizlarning odamlaringiz oilalari bilan bizga kelsin. Qishloq xo‘jaligida ishlaydiganlarga uy-joy beramiz. Bepul ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi ular uchun ham belaruslarniki kabi teng shartlarda bo‘ladi. Shaharda uy-joy uchun biroz kutishga to‘g‘ri keladi. Bizga odamlar kerak va imkoni bo‘lsa, ularning O‘zbekistondan kelgani ma’qul», — dedi Lukashenko. 💬 Shuningdek, Belarus O‘zbekistondan talabalarni ham faol jalb etishni rejalashtirmoqda. Lukashenkoning ma’lum qilishicha, mamlakat bundan buyon ham iqtidorli o‘zbekistonlik yoshlarga Belarusning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun grantlar ajratishni davom ettiradi. Bundan tashqari, Belarus o‘zbekistonlik yoshlarni ta’til va madaniy dasturlar doirasida mamlakatga taklif qilish niyatida ekanini ham ma’lum qildi. Lukashenko ikki mamlakat hukumatlarini mazkur tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tezlashtirishga chaqirdi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz

