🍉 Fransiya marokashliklarga qaytish chiptasini “sovg‘a qildi” — 10 июля 2026 г. в 05:43:40.514
🍉 Fransiya marokashliklarga qaytish chiptasini “sovg‘a qildi” 🇫🇷🇲🇦 Jahon chempionati 1/4 final doirasidagi bahsda chempionlikka asosiy da’vogarlardan biri Fransiya Marokash terma jamoasi bilan maydonda kuch sinashdi. 💬 Aytish kerakki, bu o‘yinga qadar ikki jamoa ham ishonchli o‘yinlar ko‘rsatib kelayotgan edi. Fransiya mag‘ribliklardan har jihatdan ustun ekani mazkur bahsda ham ko‘zga tashlandi. ⚽️ O‘yinning 25-daqiqasida jarima maydoni ichida Mazraui Mbappega nisbatan qo‘pollik ishlatdi va bosh hakam Marokash darvozasi tomon 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Biroq Mbappening zarbasini Bunu osonlik bilan ushlab oldi. ⚽️Birinchi taymda fransuzlar ko‘plab hujumlar uyushtirdi, golli vaziyatlar yaratdi. Biroq Marokash darvozabonining mahorati jamoasini gollardan asradi. 🕐 60-daqiqada Mbappe nihoyat Bunu darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Usmon Dembele marokashliklar darvozasiga jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Fransiya-Marokash 2:0 Shu tariqa Fransiya ketma-ket uchinchi bor mundial yarim finaliga yo‘l oldi. __________________ 🍉Rukn homiysi: Arbuz pul o‘tkazmalari Arbuz – Ishonchli, foydali va tezkor. Promokod: Migrantuz #Mundial_kundaligi

