Kuryer ishdan bo‘shatildi — 27 июля 2026 г. в 09:30:14.058
Kuryer ishdan bo‘shatildi 📍 Moskvada “VkusVill” kuryeri oltita 5 litrli suv idishini 23-qavatga qo‘lda ko‘tarib chiqmasligini aytganidan so‘ng ishlan bo‘shatildi. Ma’lum bo‘lishicha, binoning liftlari ikki kundan beri ishlamay qolgan. Kuryer mijozdan suvni olib chiqishga yordam berishni so‘ragan. Rad javobini olgach, buyurtmani bekor qilgan va qaytib ketgan. 💬 Keyinchalik “VkusVill” mijozdan uzr so‘ragan va kuryer ishdan bo‘shatilganini e’lon qildi. 💬 Bu voqea internetda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi: ko‘pchilik bir kishidan liftsiz 30 kg ni qo‘lda 23-qavatga ko‘tarishni talab qilish adolatsiz va sog‘liq uchun xavfli deb hisoblaydi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

