Rostov-Dondagi bo‘ron oqibatida bir kishi halok bo‘ldi — 27 июля 2026 г. в 06:46:31.309
Rostov-Dondagi bo‘ron oqibatida bir kishi halok bo‘ldi Shahar rahbari Aleksandr Skryabin ma’lum qilishicha, yana 13 nafar kishi jarohatlangan, ulardan 7 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Noqulay ob-havo tufayli shaharda 100 dan ortiq favqulodda hodisa qayd etilgan. Tun davomida ularning 26 tasi bartaraf etilgan, yana 73 ta holat bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Asosiy muammolar qulagan daraxtlar bilan bog‘liq. Shaharda ichimlik suvi ta’minoti tiklangan, ammo ayrim aholi hanuzgacha elektr ta’minotisiz qolmoqda. Shuningdek, Rossiya temir yo‘llari ma’lumotiga ko‘ra, bo‘ron sababli Rostov orqali harakatlanishi kerak bo‘lgan 89 ta yo‘lovchi poyezdi kechikkan. Elektr tortish podstansiyalari va poyezdlar harakatini boshqaruvchi avtomatik tizimlarda yuz bergan avariyaviy uzilishlar tufayli poyezdlar Rossiya janubiga yoki u yerdan o‘z vaqtida harakatlana olmagan. Ma’lum qilinishicha, ayrim poyezdlar 8 soatgacha kechikkan. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 📲 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

