🍉 “Vikinglar yurishi”ni Bellingem to‘xtatdi — 12 июля 2026 г. в 06:33:30.572
🍉 “Vikinglar yurishi”ni Bellingem to‘xtatdi 💬 Jahon chempionatini yuqori darajada o‘tkazib kelayotgan, allaqachon millionlab muxlislarning yoqimtoyiga aylangan Norvegiya terma jamoasi yarim finalda turnir favoritlaridan biri sanalgan Angliya bilan to‘qnash keldi. 📊 O‘yin qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi. 36-daqiqada Andreas Shelderup jarima maydonchasi burchagida to‘pni qabul qilib oldi va kutilmaganda Pikford darvozasi tomon aniq zarba yo‘lladi – 1:0! ⏱ Birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqada "katta sahna"ga Jud Bellingem chiqdi. ⚽️ Katta tezlikda raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va chap oyoqda zarba berib, Nyuland darvozasini ishg‘o qildi – 1:1! O‘yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. Ekstrataym inglizlar uchun omadli keldi. 90+3-daqiqada Morgan Rojers norveglar darvozasi darvozasi tomon kuchli zarba yo‘lladi. Norvegiyaliklar posboni Eryan Nyuland to‘pni qaytardi, biroq qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Jud Bellingem aniq zarba bilan uni darvozaga joylab qo‘ydi. Dubl! 💬 Norvegiya-Angliya 1:2 Xolland, Edegor, Syorlot singari iqtidorli yulduzlari bor Norvegiya o‘z yurishini yarim final ostonasi to‘xtatishga majbur bo‘ldi. __________________ 🍉Rukn homiysi: Arbuz pul o‘tkazmalari Arbuz – Ishonchli, foydali va tezkor. Promokod: Migrantuz #Mundial_kundaligi

