𝗥𝗼𝘀𝘀𝗶𝘆𝗮𝗱𝗮𝗻 𝟭𝟰 𝗺𝗶𝗻𝗴𝗱𝗮𝗻 𝗼𝗿𝘁𝗶𝗾 𝗺𝗶𝗴𝗿𝗮𝗻𝘁 𝗰𝗵𝗶𝗾𝗮𝗿𝗶𝗯 𝘆�... — 12 июля 2026 г. в 05:05:31.405
𝗥𝗼𝘀𝘀𝗶𝘆𝗮𝗱𝗮𝗻 𝟭𝟰 𝗺𝗶𝗻𝗴𝗱𝗮𝗻 𝗼𝗿𝘁𝗶𝗾 𝗺𝗶𝗴𝗿𝗮𝗻𝘁 𝗰𝗵𝗶𝗾𝗮𝗿𝗶𝗯 𝘆𝘂𝗯𝗼𝗿𝗶𝗹𝗱𝗶 Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk «Nelegal-2026» federal kompleks operatsiyasining birinchi bosqichi oʻtkazilgani haqida ma'lum qildi. Ushbu tadbirlar davomida huquqni muhofaza qilish organlari migratsiya sohasidagi 60,2 mingta huquqbuzarlikni aniqladi. Mamlakatdan ma'muriy tartibda 14,6 ming chet el fuqarosi chiqarib yuborildi. Yana 29,3 ming chet el fuqarosiga nisbatan Rossiyaga kirishiga ruxsat bermaslik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi. Tekshiruvlar bu yilning iyun oyida oʻtkazildi. Kuch tuzilmalari xodimlari chet el fuqarolari zich yashaydigan va ishlaydigan joylarga alohida e'tibor qaratdi. Xususan, yoʻlovchilarni tashish va tovarlarni yetkazib berish bilan bogʻliq faoliyat tekshirildi. Politsiya, shuningdek, chet elliklarni qonunni buzgan holda ishga qabul qilganlarni ham jazoladi. 10,4 ming ish beruvchi ma'muriy javobgarlikka tortildi. Bundan tashqari, migratsiya sohasida 2 mingta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va qidiruvda boʻlgan 301 nafar shaxs topildi. Bunday operatsiyaning maqsadi — noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, xalqaro va hududlararo jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyish ekanligi aytilmoqda.

